Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus yangi avlod Yevropa qiruvchisini ishlab chiqaradi
Fransiyada joylashgan Airbus konserni Yevropaning yangi avlod qiruvchisini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqida dushanba kuni EUobserver internet-nashri xabar berdi.
Nashr Airbus rahbari Fernando Alonsoga asoslanib, yangi loyihaga Germaniya va Ispaniyaning qo‘shilgani hamda kelgusida Fransiyaning ishtiroki ham kutilayotganini ma'lum qildi.
Kod nomi "Yangi avlodning jangovor aviatizimi" (Future Combat Air System (FCAS)) bo‘lgan qiruvchi hozirda Germaniya tasarrufida bo‘lgan Eurofighter va Tornado, Ispaniyaning F16 va ehtimol, Fransiyaning Rafale qiruvchisining o‘rnini bosishi rejalashtirilgan.
Loyiha Yevropa Ittifoqining mudofaa byudjyeti hisobiga moliyalashtiriladi. Unga ko‘ra, FCAS kabi loyihalarga doir ilmiy-tadqiqot va tajribali-konstruktiv ishlanmalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga yiliga 1,5 milliard yevro ajratish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
14:41 / 05.05.2025
O‘zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi Airbus samolyotini xarid qiladi
23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
19:09 / 21.04.2025
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi
22:54 / 26.03.2025