Jahon | 17:59 / 12.06.2017
21522
2 daqiqa o‘qiladi

Yaqin Sharq “Guantanamo”si

Iroqning Mo‘sul shahri IShID jangarilaridan deyarli ozod qilindi. Ammo, shaharning ozod qilingan mavzelari radikal jangarilarning ayanchli qilmishlaridan guvohlik bermoqda. Shunday inshootlardan biri, garchi bir qarashda sezilmasa-da, shaharning qoq o‘rtasida joylashgan hamda qayta jihozlangan hashamatli binodadir. 

Rossiya OAV IShIDning Mo‘sul shahridagi yashirin qamoqxonasiga doir suratlarni e'lon qilib, terrorchilar mahbuslarni qanday sharoitlarda saqlaganiga tegishli suratlarni to‘pladi. 

Mahbuslar saqlangan bino xonalaridan biridagi ko‘rpalar

 

Erkaklar qamoqxonasiga olib boruvchi temir darvozalar

 

Iroq armiyasi askarlari jangarilar foydalangan kuzatuv tizimini ko‘zdan kechirmoqda

 

Ayollar saqlangan xona

 

Mo‘sul qamoqxonasining ma'muriy qismi

Jangarilar chekinish vaqtida ko‘plab buyumlar va hujjatlarni qoldirib ketishdi

 

Qamoqxona kompleksi bir vaqtning o‘zida qo‘lbola bombalar yasash fabrikasi vazifasini bajargan 

 

Mahbuslar bevosita polda uxlashgan

 

Iroq askari IShID qamoqxonasida yasalgan qo‘lbola bombani ushlab turibdi

 

Albatta, nazoratchilar turmush sharoiti ancha yaxshi bo‘lgan

 

Mahbuslarni nazorat qilish uchun videokuzatuv tizimi qo‘llanilgan

 

Mahbuslarning yaqinlari qarindoshlari bilan uchrashishlari uchun uzoq vaqt kutishlariga to‘g‘ri kelgan

 

Mo‘sulning ko‘plab aholisi uchun qachonlardir dabdabali villa IShID timsollaridan biriga aylanib ulgurdi

Mavzuga oid