Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomashinaga “707” davlat raqamini olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Taassufki, aynan shu kecha kunduzda fuqarolarimiz orasida birovni aldash, ishontirish orqali uning mol-mulkini qo‘lga kiritayotgan, “ishga joylashtiraman, o‘qishga kiritaman, mashina yoki uy sotib olishingizda ko‘maklashaman, chet elga ishga yuboraman kabi va'dalar berib, ishonuvchan va sodda odamlarimizning qulog‘iga bir zumda “lag‘mon ilib”, ularning jabrlanib qolishlariga sababchi bo‘layotgan firibgar kimsalar safi kengaymoqda.
Buxoro IIBning xabar berishicha, G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan, avtomashinalarni tuzatish bilan shug‘ullanuvchi N.Imomqulov egallagan hunari ortidan topayotgan daromadiga qanoat qilmay, nafs girdobiga tushib qolib firibgarlik jinoyatiga qo‘l uradi. G.Narimonova “Spark” rusumli avtomashina sotib olganligidan so‘ng uning yog‘-moylarini almashtirish uchun “qo‘li gul” ustaning oldiga olib boradi. Hali davlat raqamiga ega bo‘lmagan yangi avtomashinaga chiroyliroq davlat raqami olish kerak, albatta! Ustaxonada shu haqda gap boshlanishi bilanoq N.Imomqulov G.Narimonovaning ishonchiga kirish yo‘llarini qidira boshlaydi. Uning viloyat IIB YHXBda tanish “akaxon”lari borligini, ular orqali qisqa muddatda xoxlagan davlat raqamini olib berishi mumkinligini aytib ishontiradi. Ular bir zumda “aka-singil kirishib” G.Narimonovaning avtomashinasiga “707” davlat raqamini olishga ham kelishib ulguradilar. Buning uchun oldindan “akaxon”larga davlat raqamini olishning “shapka”sini ham kelishib olgan firibgar usta 400 AQSh dollari va G.Narimonovaning plastik kartochkasidagi 1.746.450 so‘m pullarni qo‘lga kiritadi.
Ammo, Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, N.Imomqulovning firibgarlik jinoyat fosh etilib, uning G.Narimonovani aldab qo‘lga kiritgan “o‘ljasi” tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Ushbu holat yuzasidan N.Imomqulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
08:34 / 03.05.2025
Shtutgartda avtomashina odamlarni bosib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi
08:06 / 14.04.2025
Bektemirda yuk avtomashinasi piyodani urib yubordi
12:46 / 15.02.2025