Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Honor 9: Huawei'ning byudjyet flagmani rasman namoyish etildi
Huawei kompaniyasi subbrend ostida yangi smartfoni - flagman xususiyatlarga ega Honor 9'ni namoyish qildi. Bu haqida Hi-Tech'da xabar berildi.
Yangi smartfon tashqi ko‘rinishidan avvalgi avlod - Honor 8'ga o‘xshab ketadi. Orqa tomonida tovlanuvchi shisha, asosi esa - metall ramka. Biroq barmoq izlari skaneri avvalgilari kabi orqa tomonida emas, displey ostiga joylangan.
Honor 9 smartfoni 12 va 20 Mp'li ikki kameraga ega, ulardan biri - oq-qora. Monoxrom sensor tasviri suratni yanada yuqori dinamik diapazonda olish imkonini beradi.

Yangi smartfonning asosiy ustunligi - uning narxida. Xitoy bozorida 4/64 Gb'li asos model 2299 yuan atrofida bo‘lsa, 6/64 Gb'li Honor 9 smartfoni 2599 yuanga, 6/128 Gb — 2999 yuanga baholandi.
Honor 9'ning xususiyatlari:
⦁ Displey: 5,15 dyuym, Full HD, IPS;
⦁ Protsessor: Kirin 960 — 4 yadro Cortex A53, 1,8 GGts'da + 4 yadro Cortex A73 2,4 GGts'da;
⦁ Kamera: asosiy ikki 12 + 20 Mp, f/2,2 va frontal 8 Mp, f/1,9;
⦁ Xotira: operativ 4/6 Gb va ichki 64/128 GB;
⦁ Akkumulyator: 3200 mAs Super Charge 3.0 tezkor zaryadli;
⦁ Tizim: Android 7.1.1, EMUI 5.1;
⦁ O‘lchamlari: 147,3 x 70,9 x 7,45 mm, 155 g.
Mavzuga oid
16:49 / 20.04.2025
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi
22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
09:00 / 19.12.2024
Huawei kompaniyasi Dubaydagi taqdimotida yangi buklanadigan smartfon va boshqa flagman qurilmalarini taqdim etdi
00:06 / 03.11.2024