Jamiyat | 15:26 / 12.06.2017
10660
2 daqiqa o‘qiladi

Notarial idoralar ishi haqida so‘rov o‘tkazilmoqda

Illyustrativ foto

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi O‘zbekiston notarial idoralari faoliyatini baholash bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda.

Foydalanuvchilarga qator savollarga javob berish taklif etilgan. Masalan, notarial idora xizmatlaridan qachon oxirgi marta foydalanganliklari va xizmatlar uchun davlat boji miqdorini bilishlari kabi.

Notarial idoralar tomonidan noqonuniy harakatlarga guvoh bo‘lgan fuqarolar javobda bunday vaziyatlardan biri variantini ko‘rsatishlari mumkin, masalan, belgilanganidan ko‘ra ko‘proq summani, qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish yoki xizmatni taqdim etishdan bosh tortish. Shuningdek, o‘z javob variantini yozib qoldirish imkoni ham bor.

So‘rov notarial idoraga tashrif buyurish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarni ham qamrab oladi. “Notarial idoralar faoliyatida qanday muammolarga guvoh bo‘lgansiz?” savoliga bir necha javob variantlari taklif etildi. Ular orasida: notarial idoralarda xodimlar yetishmasligi, ular tomonidan behurmatsizlik qilinishi, notarial tasdiqlash uchun bir necha soat yoki kunlab kutish, tanish-bilishchilik asosida yaxshi xizmat ko‘rsatish, idoraning yashash joyidan uzoqda joylashganligi, xodimlarning texnologiyalardan foydalana olmasligi va boshqalar.

Foydalanuvchilar notarial tizimdagi muammolarni hal qilish uchun qanday choralarni ko‘rish lozimligi borasida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishlari mumkin.

Jamoatchilik fikri so‘rovi 2017 yil 17 iyungacha o‘tkaziladi.

Mavzuga oid