Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning ikkita shtati bosh prokurorlari Tramp ustidan arz qilishdi
Foto: AP Photo / Susan Walsh
AQShning Vashington va Merilend shtatlari bosh prokurorlari AQSh prezidenti Donald Trampni davlat rahbari lavozimiga kirishgach biznes bilan aloqani uzmagani tufayli konstitutsiyani buzganlikda ayblab, uning ustidan arz qilishdi. Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, da'vo arizasi Merilend shtati sudiga berilgan. Bu shtatlar bosh prokurorlari Karl Rasin va Brayan Froshning aytishicha, Tramp mulk bilan bog‘liq operatsiyalarda ishtirok etishda davom etayotgani va boshqa yo‘sinda biznesga jalb qilinganini aytishgan. Bu esa AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra, manfaatlar ziddiyati sifatida tan olinishi mumkin.
"Prezident ishtirokidagi manfaatlar ziddiyati demokratiyamizga xavf solmoqda", deb aytdi prokurorlardan biri arizani topshirgandan keyin jurnalistlarga. "Prezident tomondan konstitutsiyaning buzilishi davom etayotgani va Amerika xalqi huquqlari inobatga olinmayotganini maqbul holatdek qabul qila olmaymiz", deb qo‘shimcha qildi prokuror.
Oq uy rasmiy vakili Shon Spayserning aytishicha, Trampning biznes manfaatlari konstitutsiyani buzmaydi.
"Da'vo arizasining berilishidan asl maqsad ehtimol partiya siyosati ekanligi haqida xulosa chiqarish qiyin emas. Biz da'vo arizasining ishchi tartibda ko‘rilishi to‘xtatilishi sari harakat qilamiz", deb aytgan Spayser.
Avvalroq Washington Post nashri Tramp prezident lavozimiga kirishgach ham "xorijiy hukumatlardan millionlab dollarlar" olayotganlikda gumon qilinayotganini ma'lum qilgandi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shtatlar bosh prokurorlari o‘tgan yil Oq uy yaqinida ochilgan Trump International Hotel mehmonxonasi faoliyatidan xavotir bildirmoqdalar.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020