Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika senatorlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar borasida kelishib olishdi
AQSh senatorlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishga doir qonun loyihasi bo‘yicha kelishib olishdi. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.
«Bu juda ham to‘liq qonun loyihasi bo‘ladi va barcha jihatlarni qamrab oladi», — degan Senatning xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasining respublikachi rahbari Robert Korker.
Gazetaning yozishicha, «Rossiya tuzatishi Eronga qarshi ko‘rib chiqilayotgan sanksiyalar qonun loyihasiga «tikiladi». Kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qonunda amaldagi sanksiyalarga aniqlik kiritiladi va yangi cheklovlar qo‘shiladi. Hujjatni shu haftada muhokama qilish rejalashtirilgan.
Yangi choralarni joriy qilish hamda mavjudlarini qayta tasdiqlashga «Rossiyaning Ukrainadagi agressiv harakatlari, uning Suriyadagi harakatlari hamda kiberhujumlari» sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025