Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro turnirda O‘zbekiston taekvondochilari birinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston taekvondochilari Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli qatnashib, 7 oltin, 2 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Taekvondo (ITF) bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirning turli yo‘nalishlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Vladimir Li ikki marotaba shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Yevgeniy Kim va Sevgi Mansurova bittadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yakkama-yakka bellashuvlarda Vadim Mun, Andrey Kim, Slava Pak o‘z vazn va yosh toifalarida birinchi o‘rinni egalladi.
Aleksandr Chetverikov hamda Yevgeniy Kim kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Vladislav Mamayev, Sergey Nam, Lun Day kabi sportchilarimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
14 medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025