Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA qorli Mars suratini taqdim etdi
Yapon olimlari guruhi Marsda qor topilgani haqida ma'lum qildi. Zamonaviy uskunalar va kosmik zondlar yordamida olib borilgan tadqiqotlar natijasi haqida NASA saytida xabar berildi.
Tadqiqotchilarning fikricha, qorga o‘xshash noyob modda Qizil sayyora atmosferasidagi bosimning muntazam o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Mars "qor"ining tarkibi, tabiiyki, Yerdagi qordan farq qiladi. U karbonat angidriddan tashkil topib, maxsus kristall tuzilmaga ega.
Olimlar, shuningdek, Marsdagi o‘rtacha harorat Yerdagidan ancha past ekanini ta'kidlashdi. Bu nafaqat texnika ishlashi, balki sayyoraning o‘zlashtirilish ehtimoli uchun ham to‘siq hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, tadqiqotchilar insoniyat ertami-kechmi Qizil sayyorani egallab olishiga umid qilishmoqda.

Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, bundan avval olimlar jamoatchilik bilan Mars haqidagi qiziq faktlarni bo‘lishishgan. Xususan, Qizil sayyoradagi o‘rtacha harorat Oymyakondagi favqulodda past harorat ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri kelishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
23:59 / 03.05.2025