Jamiyat | 16:09 / 14.06.2017
8160
2 daqiqa o‘qiladi

“O’zbekiston 24” teleradiokanali xorijda o‘z muxbirlariga ega bo‘ladi

Telekanal bir kunda 24 soat mobaynida har soat avvalida yangiliklar dasturini efirga uzatadi. Biroq, bu dasturlarning hozirgi telekanallar faoliyatida kuzatiladiganidek, bir qolipga tushib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksincha, yangiliklar dasturi efirga chiqish vaqti erkin bo‘ladi. O‘zMTRK raisi birinchi o‘rinbosari Bobir Alixonovning aytishicha, tele- va radiokanal faoliyati yangiliklar paydo bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. 

Ya'ni, biror muhim voqea-hodisa, tadbir yoki anjuman bo‘lishi bilan, yangiliklar dasturi kutilmaydi, aksincha tezkorlik bilan tomoshabinlar va tinglovchilar e'tiboriga havola etiladi. 

“O’zbekiston 24” teleradiokanali o‘z faoliyatining ilk vaqtlarida dunyoning 9 mamlakatida o‘z muxbiriga ega bo‘ladi. Bunda, birinchi galda, O‘zbekiston joylashgan mintaqa mamlakatlariga e'tibor qaratiladi. Shu bilan birga, O‘zMTRK raisining birinchi o‘rinbosari Bobir Alixonovning so‘zlariga ko‘ra, muxbirlar tarmog‘i, keyinchalik, dunyoning deyarli barcha qit'alarini qamrab oladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid