Jahon | 20:40 / 14.06.2017
9131
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh kongressmeniga hujum qilinishiga munosabat bildirdi

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Virjiniya shtatidagi Aleksandriya shahrida AQSh kongressmeni Stiv Skalizega hujum qilinishiga munosabat bildirdi.

14 iyunda noma'lum shaxs kongressmen va uning yordamchilariga o‘q uzgan. Voqea Aleksandriya shahridagi beysbol maydonchasida yuz bergan. Bu yerda Skalize va uning hamrohlari mashg‘ulot o‘tkazashayotgan bo‘lgan.

"Luizinadan kongressmen Stiv Skalize, chin do‘st va vatanparvar, jiddiy jarohatlandi, biroq to‘liq tiklanadi", deb yozgan Tramp.

Tramp Skalizening sog‘ayib ketishini Tangridan so‘rashini aytgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 5 kishi jarohat olgan, ular orasida Skalize va 2 nafar politsiyachi bor. Otishmani sodir etgan kimsa qo‘lga olingan. 

Mavzuga oid