Putin: Rossiya FQB sobiq direktoriga siyosiy boshpana berishga tayyor

Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, mamlakat FQB sobiq direktori Jyeyms Komiga siyosiy boshpana berishga tayyor. Bu holat u AQShda ta'qib qilinadigan bo‘lsa, ro‘y berishi mumkin.
«U (Jyeyms Komi) to‘satdan prezident bilan suhbatni yozib olganini aytdi, keyin esa o‘z do‘sti orqali uni OAVga berdi. Bu g‘alati eshitilmoqda va tasavvur uyg‘otmoqda – maxsus xizmatlar rahbari Oliy bosh qo‘mondon bilan suhbatni yozib olib, so‘ng uni do‘sti orqali OAVga berishi. Unda FQB direktori janob Snoudendan nimasi bilan farq qiladi?» - deya ta'kidlab o‘tdi Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot davomida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Komi bunday holatda – maxsus xizmatlar rahbari emas, balki ma'lum pozitsiyani himoya qilayotgan huquq himoyachisidir.
«Darvoqe, agarda unga nisbatan ta'qib amalga oshiriladigan bo‘lsa, biz unga ham Rossiyada siyosiy boshpana taqdim etishga tayyor bo‘lamiz», - deya ma'lum qildi Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid

08:11
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak

16:31 / 11.05.2025
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?

07:45 / 11.05.2025
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi

23:18 / 10.05.2025