Suvli yugurish yo‘lakchasi namoyish etildi
Agar suv ostida yugurishga harakat qilib ko‘rgan bo‘lsangiz, uning qarshiligi tufayli bu qiyin ish ekanini yaxshi bilasiz. Biroq buning ham ijobiy jihatlari bor ekan. Yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega kishilar shu tariqa suvda tetiklanib olishlari mumkin. Eng yaqin suv havzasigacha masofa uzoq bo‘lsa, Water Walker yugurish yo‘lakchasi bu muammoni hal qilishi mumkin. Hi-News'da shu haqida xabar berildi.
Ha, Water Walker — harakatlanuvchi tubga ega suv to‘ldirilgan katta idish - yuguring va cho‘miling. Odatiy yugurish yo‘lakchalari kabi unda ham tub harakat tezligi boshqariladi, suvning qarshi oqimini yaratish va ularning intensivligini nazorat qilish imkoni mavjud. Dush kabinalari va jakuziga xos bo‘lgan boshqa sozlamalari ham bor.
Qurilma ikki xil variantda ishlab chiqariladi: birinchisi suv ostida soatiga 2,5 kilometr tezlikda harakatlanish imkonini beradi. Pro-versiyasi esa soatiga 6,5 kilometrga erishishga qodir va u suv ostida suzish veteranlari uchun mo‘ljallangan. Yana bir muhim ijobiy jihati: agar charchagan bo‘lsangiz, Water Walker sizga spa-rejimni yoqib, dam olishga sharoit yaratadi.
Mavzuga oid
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
12:00 / 26.10.2024
Qishloq xo‘jaligida suv olish limiti xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi
13:30 / 25.10.2024