Jamiyat | 00:15 / 15.06.2017
41824
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning chekka hududlariga to‘laqonli arzon gaz tizimi qachon yetib boradi?

14 iyun kuni Xalqaro Press-klubda “O‘zbekneftgaz: yangi davrga yangi strategiya bilan” mavzusidagi navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiya davomida O‘zbekistondagi neft va gaz sohasidagi mavjud vaziyat hamda sohaning istiqbollari, shuningdek yangi loyihalar muhokama qilindi.

Cessiyada “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi, soha vakillari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar rahbarlari, ekspertlar, xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

"Kun.uz" muxbirining xabar qilishicha, jonli efir orqali namoyish etilgan muloqot chog‘ida soha vakillariga jurnalistlar tomonidan ko‘plab savollar yo‘llandi. Muhokamalar orasida viloyatlarga arzon gaz tizimi to‘laqonli yetib bormagani, mamlakatning chekka hududlarida yoqilg‘i tanqisligi holati mavjudligini ham alohida qayd etildi. Bu masalaga “O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruv raisi Alisher Sultonov oydinlik kiritdi.   

"Prezidentimiz tashabbuslari bilan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bu savolga aniq javob bo‘la oladi. Sababi, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan loyihalarning barchasi ana shunday muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Asosiy maqsad ham xalqning gaz va yoqilg‘idan erkin foydalanishini ta'minlab berishdir. Shuni ayta olamanki, bu borada o‘zgarishlar va loyihalar 2020 yilning oxiriga qadar amalga oshiriladi", - deya javob berdi Alisher Sultonov.

 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid