Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchixona: O‘zbekiston respublikadagi qirg‘izlarga g‘amxo‘r
O‘zbekiston o‘z hududida istiqomat qiluvchi qirg‘izlarga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasida ma'lum qilingan.
Bundan avvalroq Qirg‘iziston Respublikasi ombudsmeni hisobotida eng ko‘p etnik qirg‘izlar O‘zbekiston hududida yashashi aytilgandi - 300 ming kishi. Uning hisobotida Tojikistondagi kabi O‘zbekistondagi qirg‘izlar ham Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tishni istashadi, sababi - bu respublikalarda ularning huquqlari cheklangan: qirg‘iz tilidagi maktablar yopilgani, ishga qabul qilishdagi ajratishlar shular jumlasidan.
Ammo o‘zbekistonlik diplomatlar bu bayonot tekshirilmagan ma'lumotlar asosida berilganini iddao qilishadi.
«O‘zbekistonda hamisha barcha fuqarolarga teng qaralgan, jumladan millati qirg‘iz bo‘lganlarga ham. Ular uchun jamiyatda barcha huquq va sharoitlar yaratilgan», — deyilgan xabarda.
O‘zbekistonda qirg‘iz tilida 56 maktab mavjud bo‘lib, ularda 8 mingdan ortiq bola ta'lim oladi. Andijon davlat universitetida «Ona tili va adabiyoti: qirg‘iz tili va adabiyoti» bakalavriati mavjud bo‘lib, 2015/2016 o‘quv yilida unga 75 nafar talaba qabul qilingan.
O‘zbekistonda 6ta madaniy markaz mavjud — Andijonda, Namanganda, Farg‘onada, Jizzaxda, Sirdaryoda va Toshkentda (1995 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bu markaz O‘zbekistondagi qirg‘izlarning madaniy markazlarini birlashtiradi).
Mavzuga oid
18:51 / 05.06.2020
Hayotiy hikoya: «Men qirg‘izlarga, qirg‘izlar menga...»
22:58 / 29.11.2018
Xitoydagi “qayta tarbiyalash lagerlari”da 50 mingga yaqin qirg‘iz ushlab turilgani ma'lum qilindi
23:46 / 27.08.2016