Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXXga 2ta Toyota Prado yo‘ltanlamasi berildi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash borasida turli texnikalar va asbob-uskunalar taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 iyun kuni imzolagan “2015 — 2019 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishida shu haqda so‘z boradi.
Mazkur farmoyishga taqdim etilgan va Lex.uz saytida e'lon qilingan ilovaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga uskunalar, texnika va transport vositalari taqdim etiladi.
Farmoyishda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga loyiha doirasida taqdim etilgan uskunalar, texnika va transport vositalarini belgilangan tartibda qabul qilishni va undan samarali va maqsadli foydalanishni ta'minlash mas'uliyati yuklangan.
Ilovaga muvofiq, Milliy xavfsizlik xizmatiga 2ta Toyota Land Cruiser Prado yo‘ltanlamasi, 2ta maxsus mikroavtobus, Chevrolet Gentra va Nexia yoki unga muqobil turdagi avtomobillardan 6 donadan boshqa uskunalar va jihozlar taqdim etilgan.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025