Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazirama tufayli Britaniya qirollik gvardiyasining besh askari hushidan ketdi
17 iyun kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II sharafiga Londonda o‘tkazilgan parad vaqtida havo harorati 27 daraja issiq bo‘ldi. Oqibatda besh nafar qirollik gvardiyachisi issiqdan hushini yo‘qotib, yerga qulagan. Bu haqda mamlakat quruqlik kuchlari rasmiy vakili xabar bermoqda.
— Biz qirolicha Yelizaveta II ning rasmiy tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan parad vaqtida bir necha askarning qulaganini tasdiqlaymiz, — dedi u va gvardiyachilarga suv berilgani hamda tibbiy yordam ko‘rsatilganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Daily Express bergan ma'lumotga ko‘ra, parad o‘tayotgan vaqt Londonda havo 27 daraja issiq bo‘lgan. Bu mavsumning ushbu oyiga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz: Yelizaveta II ikki marta tug‘ilgan kunini nishonlaydi. Ulardan biri haqiqiy (21 aprel) bo‘lsa, ikkinchisi rasmiy (iyunning ikkinchi shanbasi) hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025