Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bellerin London yong‘ini jabrlanuvchilari uchun aksiya boshladi
«Arsenal»ning ispaniyalik himoyachisi Ektor Bellerin Londondagi Grenfell Tower binosida ro‘y bergan yong‘in jabrlanuvchilariga yordam ko‘rsatadi.
«Grenfell Tower yong‘inidan jabrlanganlar uchun Yevro-2017 (U-21) turnirida o‘tkazgan har daqiqam uchun 50 funtdan xayriya qilaman.
Iltimos, qo‘lingizdan kelgancha ularga yordam ko‘rsating», – degan Bellerin tvitterida.

14 iyun kuni Grenfell Tower binosida yirik yong‘in ro‘y berdi, bu hodisa oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan, 70 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan, 70dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan, yuzlab kishilar uysiz qolgan.
Bellerin Ispaniya yoshlar jamoasi safida Polshada boshlangan Yevropa chempionati doirasida Makedoniyaga qarshi kechgan birinchi uchrashuvda maydonga tushib, 90 daqiqa o‘ynadi.
Mavzuga oid
13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi
11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi
10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda
14:00 / 21.10.2024