Jahon | 11:00 / 22.06.2017
6429
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda issiq tufayli 4 kishi vafot etdi

AQSh janubi-g‘arbida kuzatilayotgan anomal isish tufayli 4 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Mercury News jurnali ma'lumotiga ko‘ra, ikki kishi Kaliforniya shtati hududida, San-Xose shahrida issiq tufayli jon bergan - 72 yoshli erkak va 87 yoshli ayol.

Yana ikki qurbon Nyu-Meksiko shtatida qayd etilgan, 57 va 21 yoshlardagi shaxslarni Carlsbad Caverns milliy xiyoboni hududida issiq urgan.

Anomal isish mamlakatning janubi-g‘arbiy hududlarida dushanba kuni boshlandi. Seshanba kuni haddan tashqari issiq harorat Arizona shtatining Finiks shahridagi aeroportda reyslar bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.

Nevada shtatida ham noodatiy harorat kuzatilmoqda.

Hududlarda anomal isish hafta oxiriga qadar saqlanib qolishi mumkin.

Mavzuga oid