Jamiyat | 22:32 / 22.06.2017
75163
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Rossiya rahbarlari yomg‘irda qoldi

Rossiya bosh vazirining yomg‘ir ostidagi holati internetda fotojablar uchun mavzu bo‘ldi.

Bugun, 22 iyun - Xotira va qayg‘u kuni munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda bosh vazir Dmitriy Medvedev Aleksandr bog‘ida bo‘lib, Noma'lum askar qabriga gul qo‘yishdi.

Marosim kuchli yomg‘ir ostida o‘tgan, marosimda prezident va bosh vazirdan tashqari Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko, Duma raisi Vyacheslav Volodin ham ishtirok etgan.

Reuters fotomuxbiri Sergey Karpuxin bosh vazirning yomg‘irda qolgan holatini suratga olgan.

Mavzuga oid