Jamiyat | 13:41 / 22.06.2017
16275
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Burgut baliqchining balig‘ini o‘g‘irlab ketdi

Internetda Kanadaning Vankuver shahrilik baliqchi Eshton Fillips o‘ljasining burgut tomonidan o‘g‘irlanishi tasvirlangan video ommalashdi.

Baliqchining so‘zlariga ko‘ra, u qushni qayig‘iga yaqinlashib kelayotgan paytida kameraga olishni xohlagan, biroq burgut unga tegishli baliqni o‘marib ketishini xayoliga ham keltirmagan ekan.

-  Men bu burgut sohil chizig‘i bo‘ylab uchayotganini ko‘rdim, shuning uchun kamerani chiqarib, fotosuratga olmoqchi bo‘ldim. Kutilmaganda u mening qayig‘imga qarab uchib kela boshladi, - deydi baliqchi.

Fillipsning qo‘shimcha qilishicha, bunday holat ro‘y berishi mumkinligini hatto o‘ylab ham ko‘rmagan ekan.

Mavzuga oid