Fan-texnika | 16:58 / 23.06.2017
26094
2 daqiqa o‘qiladi

Smartfonlar sinovi: Mikroto‘lqinli pechdan qaysi smartfon omon chiqdi?

YouTube'ning Gizmo Slip kanali videoblogerlari eng mashhur uch flagman smartfonini favqulodda sinovdan o‘tkazdi. iPhone 7, Samsung Galaxy S8 va Google Pixel XL mikroto‘lqinli pechda elektromagnit maydon bilan ta'sir ko‘rsatilgan sinovdan o‘tkazildi. 

Sinovchilar uch devaysning barini mikroto‘lqinli pechga joylab tekshirishdi, muayyan vaqtdan keyin qurilmalarning faoliyatida muammolar yuzaga kela boshladi va ishdan chiqishning tashqi belgilari namoyon bo‘ldi. Ikki soniyalik nurlanishdan keyin iPhone 7 smartfoni o‘chib, qayta yoqildi. Besh soniya barcha smartfonlarning o‘chishi uchun yetarli bo‘ldi. 

Tadqiqotchilar iPhone 7 va Pixel XL smartfonlarini qayta yoqishga muvaffaq bo‘lishgan bo‘lishsa, Galaxy S8 to‘liq ishdan chiqdi. 

Testni davom ettirish mikroto‘lqinli pech ichidagi ikki "omon qolgan" smartfonning uch soniyadayoq o‘chishiga olib keldi. Bu sinov bosqichidan keyin Google'ning Pixel XL qurilmasi qayta yoqilmadi. iPhone 7 esa yoqilib, odatdagidek xizmat ko‘rsatishda davom etdi. 

Tadqiqotdan ilhomlangan blogerlar Samsung'ning to‘liq ishdan chiqqan flagmanini yana bir daqiqa davomida sinovdan o‘tkazishga qaror qilishdi. Buning natijasini quyida taqdim etilgan videoda ko‘rishingiz mumkin. 

Mavzuga oid