Fan-texnika | 19:22 / 24.06.2017
10145
1 daqiqa o‘qiladi

Inson teridan energiya ishlab chiqaruvchi plastir yaratildi

Kaliforniya universitetida inson teri yordamida energiya ishlab chiqaruvchi plastir yaratildi. Uni kichik o‘lchamdagi gadjyetlar uchun quvvatlash qurilmasi sifatida qo‘llash mumkin. Misol, uchun u bilan yugurish vaqtida mobil telefonlarni quvvatlash mumkin. Qurilma ixtirochilarining ta'kidlashicha, tajribalar vaqtida ular radiopriyomnikning bunday plastirda ikki kun ishlashiga erishganlar.  

Plastir ishlashi oddiy. Unda oddiy energetik batareyalardagi metallar funksiyasini fermentlar bajaradi. Aynan ular inson terisidagi sut kislotasi bilan o‘zaro ta'sirlashib energiya ishlab chiqaradi.

Bioenergetik plastir eniga va uzunligiga bir necha santimetr bo‘lib, teriga yopishtirib qo‘yiladi. Amerikalik olimlar o‘z ixtirolarini quyidagicha ta'riflashdi.

"Agar siz chopayotgan bo‘lsangiz, bu plastir biror mobil qurilmani energiya bilan ta'minlashi mumkin", deb aytgan qurilma mualliflaridan biri Jozef Vanga. 

Mavzuga oid