Sport | 14:05 / 24.06.2017
17540
2 daqiqa o‘qiladi

«Qirol Leo» 30 yoshda!

«Barselona» va Argenitina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi bugun tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Argentinalik zamonaviy futbolning eng nomdor futbolchisi, 5 karra «Oltin to‘p» sohibi bugun 30 yoshga to‘ldi.

Messi – «Barselona» va Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. 17 yildan buyon kataloniyaliklar asosiy tarkibida to‘p surib kelayotgan Leo 4 karra Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi, 8 karra Ispaniya chempioni, 3 karra klublar o‘rtasidagi jahon chempioni, 5 karra Ispaniya kubogi, 6 karra Ispaniya superkubogi, 3 karra Yevropa superkubogi sohibi bo‘lgan. Argentina yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempioni va Olimpiada o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritgan.

5 karra «Oltin to‘p», 4 marta «Oltin butsa» sovrinini, JCh-2014ning eng yaxshi futbolchisi, uch karra UYeFA tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi, 6 karra La-liganing eng yaxshi futbolchisi, 7 karra Ispaniya chempionati to‘purari, ikki karra klublar o‘rtasidagi JCh to‘purari kabi juda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

 «Barselona» tarkibida 583 uchrashuvda 507ta gol kiritgan. Argentina terma jamoasi safida esa 118 uchrashuvda 58ta gol muallifi bo‘lgan.

Mavzuga oid