Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr prezidenti Saudiya Arabistoniga ikkita orolni berish kelishuvini imzoladi
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy dengiz chegarasini demarkatsiya qilish kelishuvini ratifikatsiya qildi. Unga ko‘ra Saudiya Arabistoniga Qizil dengizdagi Tiran va Sanafir orollari o‘tadi. Bu haqda 24 iyunda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Kelishuv imzolangandan keyin kuchga kiradi.
21 iyunda Misr oliy konstitutsiyaviy sudi avval sud tomondan orollarning topshirilishi kelishuvi bo‘yicha chiqarilgan qarorlar bajarilishini "bu kelishuvning qonuniyligi va konstitutsiyaga muvofiqligi aniqlangungacha" to‘xtatgandi. Bundan bir hafta oldin kelishuv Misr parlamenti tomondan ratifikatsiya qilingandi.
Joriy yil boshida Misr oliy sudi orollarning berilishini noqonuniy deb topgandi.
Tomonlar kelishuvni Saudiya Arabistoni qirolining 2016 yil aprelda Misrga tashrifi vaqtida imzolashgandi. Qohira o‘shanda orollar topshirilishini ular aslida Saudiya Arabistoni qirolligiga tegishli ekanini, ular faqatgina 1950 yildan boshlab saudiyaliklar iltimosi bilan Misr himoyasida bo‘lgani bilan tushuntirgan. Qohiraning bu qarori ko‘plab misrliklarning qarshiligiga sabab bo‘lib, ko‘plab norozilik aksiyalarini keltirib chiqargandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
15:41 / 19.05.2025