Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook seriallar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i seriallar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar berdi.
Xabalarga ko‘ra, Facebook “televizion sifatdagi shou”ni yaratish bo‘yicha Hollivuddagi studiya va agentliklar bilan muzokaralar o‘tkazmoqda hamda mahsulotni yoz oxirlarida taqdim etish harakatida.
WSJ ma'lumotiga qaraganda, ijtimoiy tarmoq bitta qismni yaratishga 3 mln dollargacha mablag‘ sarflashga tayyor, shuningdek, ancha ko‘p pul talab etiluvchi shoularga ham qiziqish bildirgan.
Manbalarning iddao etishicha, Facebook kichik shaklga ham qiziqishda. Gap davomiyligi 10 daqiqa atrofida bo‘lgan mahsulot haqida bormoqda.
Facebook bu boradagi rejalari haqida izoh berishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024