Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada sobiq turmalar qochqinlar uchun boshpanaga aylantirilmoqda
Niderlandiyadagi sobiq turmalar hududlarida qochqinlar uchun boshpanalar yaratilmoqda. Mamlakatda jinoyatchilik pastligi sababli turmalar binolari bekor turgani sabab shunday qarorga kelingan. Muhojirlar turmalarga vaqtinchalik – kamida 6 oyga, qochqin maqomini olmagunlarigacha joylashtirilmoqdalar. Ularda yashovchi muhojirlar shaharga erkin chiqa olishadi. National Geographic’ning ta'kidlashicha, qochqinlarda ishlash uchun ruxsat yo‘q, biroq ular boshpanalarda golland tilini hamda volontyorlar boshchiligida velosipedda uchishni o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
Misol uchun, Xarlemdagi De Koepel sobiq turmasida ichki hovli futbol maydoniga aylantirilgan. Boshpanalarga aylantirilgan ba'zi turmalarda gimnastik zallar, oshxonalar va ochiq bog‘lar mavjud. Xogevendagi turmada esa baland tashqi devorlar, tikanak simlar olib tashlanib, kameralar ichidan ham ochiladigan qilib o‘zgartirilgan.
Mamlakat adliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, golland turmalarining uchdan biri mamlakatda oxirgi 20 yil ichida jinoyatchilikning misli ko‘rilmagan darajada pasayishi hamda mahbuslarni reabilitatsiya qilishga qaratilgan yangi yondashuv sababli bo‘shab yotadi.
Niderlandiya hukumati shuningdek bo‘shab yotgan turmalarni boshqa davlatlarga ijaraga beradi. Misol uchun, Belgiya Niderlandiyaga 500 ga yaqin mahbusini jazoni o‘tash uchun jo‘natgan. Norvegiya esa Niderlandiyaga 242 kishilik Norgerxafen turmasining 3 yillik ijarasi uchun 27 mln dollar to‘lashga rozi bo‘lgan. Bu turmada ba'zi mahbuslarga jo‘jalar ko‘paytirish va sabzavotlar yetishtirishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025