Rimda II-III asrlarga tegishli yog‘och uy topildi
Rim metrosining yangi uchinchi liniyasi quruvchilari eramizning II—III asrlariga tegishli bo‘lgan yog‘och uyni topishdi. Bu haqda La Repubblica yozmoqda.
Uyning ikkita xonasi bugungi kunga qadar yong‘in tufayli yaxshi holatda saqlanib qolgan. Nashrning aniqlik kiritishicha, yog‘och faqatgina juda yaxshi iqlim sharoitlari yoki tabiiy ofatlardan so‘ng (xuddi Pompey va Gerkulanumaning Vezuviy uyg‘onganidan so‘ng buzilishi kabi) saqlanib qoladi.
Ta'kidlanishicha, uydan bir necha stol va kursilar topilgan. Shuningdek, ikki uy hayvoni – it yoki mushukning suyaklari aniqlandi.
Bundan tashqari, gazetaning yozishicha, mutaxassislarga uyning suratli devorlari va oq-qora mozaika tarzidagi poli qiziqish tug‘diradi.
Mavzuga oid
21:57 / 06.09.2024
Rim Trevi favvorasiga keladigan turistlar sonini cheklashi mumkin
23:03 / 04.09.2024
Rimda yashin urishi oqibatida Konstantin arkasiga shikast yetdi
07:24 / 02.09.2024
Sud qarorisiz va uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi
07:59 / 03.08.2024