Fan-texnika | 14:23 / 26.06.2017
6888
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya An-148 samolyotini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya An-148 yaqin magistralli samolyotini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu Voronej aviaqurilish birlashmasida so‘nggi ikkita mashinani qurish yakunlangach, ro‘y beradi, deb xabar qildi Rossiya aviatsiya sohasidagi manba jurnalistlarga.

Avvalroq Ukrainaning KB Antonov rasmiy vakili Rossiyadan yetkazib berilgan ehtiyot qismlarni xarid qilishni to‘la to‘xtatgani haqida xabar bergandi.

"Voronejda tayyorlangan An-148ga katta qiziqish bor edi. Qiziqish fuqarolik aviakompaniyalari hamda mudofaa vazirligi tomonidan bildirilgan. Afsuski, siyosat ongdan kuchliroq chiqdi. Voronejda so‘nggi mashinalar ishlab chiqarilishi yakunlanmoqda", - degan manba.

An-148 – yaqin magistralli yo‘lovchi samolyoti bo‘lib, oraliq qo‘nishlarsiz 2-5 ming kilometr masofaga parvozni amalga oshirishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid