Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID o‘z jangarilariga pasport berishni yo‘lga qo‘ydi
IShID terrorchi guruhi o‘z tarafdorlariga pasport berishni yo‘lga qo‘ydi. Daily Mail shunday xabar berdi.
Hujjat shakli Raqqani ozod qilishda olib borilgan jang paytida Suriyaning qurollangan muxolifati qo‘liga tushgan.
Yuqori poligrafik darajada ishlangan hujjatda arab va ingliz tillarida Qur'ondan parchalar keltirilgan. Ular IShID tarafdorlarini xudkushlar kamari yoki minalashtirilgan avtomobillardan foydalanib terakt sodir etishga chaqirishmoqda. Pasport egasiga shu ishlardan keyin "jannat" va'da qilinmoqda.
Hujjatda shaxsiy ma'lumotlar uchun joy ajratilmagan.

Foto: Daily Mail
Raqqa — Suriyaning IShID jangarilari tomonidan o‘ralgan shahri, terrorchi tashkilot poytaxti. Shaharni ozod qilish AQSh boshchiligidagi xalqaro aksilterror koalitsiyaning bosh maqsadlaridan biridir.
Mavzuga oid
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
17:33 / 07.12.2024