Jahon | 09:09 / 28.06.2017
9362
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy o‘zi qurgan yangi esminetsni suvga tushirdi

Foto: RIA Novosti

Xitoy chorshanba kuni o‘zi qurgan yangi turdagi esminetsni suvga tushirdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar bergan.

Kemani suvga tushirish tantanali marosimi Shanxaydagi Jiangnan Shipyard (Group) kemasozlik kompaniyasida ertalab o‘tkazildi.

"Tur 005" 10 ming tonna suv sig‘imiga ega bo‘lib, Xitoyning yangi avlodidagi eskadrilya mina tashuvchi ilk esminetsiga aylandi. Kema eng yangi havo mudofaasi, raketalarga qarshi mudofaa, kemalar va qayiqlarga qarshi majmualar bilan jihozlangan.

Mavzuga oid