Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik 3 yoshli qizcha 12-qavatdan tushib ketdi
Rossiyaning Ryazan shahrida o‘zbekistonlik 3 yoshli qizcha ko‘p qavatli uy derazasidan pastga qarab quladi.
Rossiya tergov qo‘mitasi mintaqaviy boshqarmasining xabar qilishicha, fojiali hodisa chorshanba, 28 iyun kuni kechqurun Pugachyov ko‘chasidagi 12-uyda yuz bergan. Uch yoshli qizcha 12-qavatda joylashgan xonadon balkonidan tushib ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bola o‘sha zahotiyoq halok bo‘lgan.
Ma'lum bo‘lishicha, qizchaning ota-onasi Rossiyaga O‘zbekistondan kelishgan. O‘sha kecha bolaga uning xolasi qarayotgan edi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qizcha ayol xonadondan biroz vaqtga chiqib ketgan paytda pastga qulagan.
Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025