Jahon | 21:27 / 30.06.2017
11295
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi Halabni IShIDdan to‘la ozod etdi

Suriya armiyasi Halab viloyatini IShID jangarilaridan butunlay tozaladi. Bu haqda RT muxbiri bilan suhbat chog‘ida Suriya arab respublikasi mudofaa vazirligining siyosiy boshqarmasi rahbari, general Samir Sulaymon ma'lum qilgan.

«Suriya armiyasi Halab hududini to‘la ozod qildi», — degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda viloyatda «IShIDga tegishli hudud qolmagan».

Harbiy amaldorning qayd etishicha, hukumat kuchlari Raqqadan Hamaga olib boruvchi trassani egallagach, jangarilar o‘zlarining viloyat hududidagi oxirgi pozitsiyalarini tashlab ketishgan.

Mavzuga oid