O‘zbekiston | 21:02 / 01.07.2017
14927
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy attestatsiya komissiyasi raisi videoselektor uchrashuvi o‘tkazdi

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PP-4958 sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 304-sonli qarorlari qabul qilindi.

Ushbu qarorlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish maqsadida 2017 yil 1 iyul kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan videoselektor seminari o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Videoselektor seminarida O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Kadrlar va ta'lim muassasalari boshqarmasi xodimlari, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va uning tasarrufidagi Ilmiy-tadqiqot institutlari, Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus filiali, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va uning Buxoro filiali, Samarqand va Andijon qishloq xo‘jaligi institulari professor-o‘qituvchilari, olimlari va tadqiqotchilari qatnashdi. 

Ushbu videoselektor davomida Prezident tomonidan qabul qilingan mazkur qaror mohiyati tushuntirildi, tadbir qatnashchilarining barcha savollariga atroflicha javob berildi. 

Mavzuga oid