Jahon | 14:51 / 02.07.2017
11515
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR Janubiy Koreyadagi BMT qo‘mondonligini tarqatishni talab qildi

Foto: Fotolia

Shimoliy Koreya Tinchlik qo‘mitasi vakili Janubiy Koreyadagi BMT qo‘mondonligini tarqatib yuborishni talab qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 1957 yilning iyulida Qo‘shma Shtatlari Janubiy Koreyaga BMT qo‘mondonligi doirasida o‘zining Uzoq Sharqdagi qo‘shinini "sudrab kirgan" va NATOning osiyocha variantini tuzishga uringan.

"Koreya yarim orolida va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida na tinchlikni saqlab qolish va xavfsizlik nuqtai nazaridan, na BMTning xalqaro tashkilot sifatidagi nufuzini qayta tiklash nuqtai nazaridan BMT qo‘mondonligiga hojat yo‘q", - deyiladi bayonotda. 

Shu bois KXDR AQSh zudlik bilan "BMTning noqonuniy qo‘mondonligini tarqtish"i kerakligini ta'kidlagan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid