Sport | 01:00 / 03.07.2017
10612
2 daqiqa o‘qiladi

«Lion» prezidenti Lyakazett rekord narxda sotilayotganini tasdiqladi

«Lion» hujumchisi Aleksandr Lyakazett tez orada Londonning «Arsenal» klubi safiga o‘tishi kerak bo‘ladi. Bu haqda fransuz klubi prezidenti Jan-Mishel Olyas ma'lum qilgan.

«55 mln yevro va qo‘shimchasiga 12 mln yevro bonus ko‘rinishidagi matbuotda chop etilayotgan ma'lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. «Arsenal»ning birinchi taklifi 45 mln. yevro ko‘rinishida bo‘lgan. O‘ylashimcha, savdo 45-50 mln. yevro atrofida bo‘ladi. Bu «Arsenal» uchun ham, «Lion» uchun ham  rekord summa bo‘ladi. Axir «kanonirlar» bir futbolchi uchun katta xarajatlar qilishga odatlanishmagan.

Qachon bu transfer amalga oshadi?  Balki shu 1-2 kunlarda hal bo‘lib qolar»,— deya Olyasning so‘zlarini keltiradi Le Progrès.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsumda Lyakazett Fransiya chempionatining 30 uchrashuvida maydonga tushib, 28 gol va 3ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid