Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda kal o‘g‘ri dorixonadan soch o‘stiruvchi vositalarni o‘g‘irlab ketdi
AQShning Dirborn shahrida noma'lum kal erkak mahalliy dorixonadan 7 quti sochni o‘stirishga yordam beruvchi vositani o‘g‘irlab ketdi. Voqea AQShdagi eng yirik dorixonalar tarmog‘i Walgreens’ning bo‘limlaridan birida yuz bergan.
Dorixonaga kiraverishdagi videokamera "Air Force Dad" (Desantchi ota) yozuvi bo‘lgan futbolkadagi noma'lum kimsa dorixonaga kirganini qayd qilgan. Videoda erkak biroz alang-jalang qilib, keyin dorixona ichiga kirganini ko‘rish mumkin. Biroq keyingi voqealar videokamera obektiviga tushmagan.
Jinoyatchi soch o‘stiruvchi dori vositasidan 7 quti olib, ularni sumkaga joylab, so‘ngra dorixonadan yugurib chiqib ketgan.
Mahalliy politsiya xodimlari ushbu voqea ustidan mutoyiba qilishmoqda. Ularning aytishicha, kal o‘g‘riga yana dorixonaga qaytishiga to‘g‘ri keladi: u o‘g‘irlagan vositalar unga kamlik qiladi, chunki undan anchagina vaqt foydalanish kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:16 / 10.03.2025
Tegishli hujjatlari bo‘lmagan yarim mlrd so‘mlik dorini sotayotgan dorixona aniqlandi
12:25 / 21.02.2025
Toshkentda dorixona sotuvchilari kuchli dorilarni retsepsiz sotgan vaqtida ushlandi
20:25 / 05.02.2025
Dorilarni retsept bilan sotishga qachon o‘tiladi?
14:12 / 03.02.2025