Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messining «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydigan sana aniq bo‘ldi
«Barselona» hujumchi Lionel Messi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda Tribuna.uz nashri yozmoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 30 yoshli hujumchis va klub prezidenti Jozep Bartomeu 15 iyul kuni yangi shartnomaga imzo chekadi. Barcha zarur hujjatlar «Barselona» ofisiga keltirilgan.
Messi ancha oldin yangi shartnomaning barcha shartlari bo‘yicha kelishib olishgandi. Ammo, ikki sabab bilan yangi shartnomani imzolash kechikkandi.
Birinchidan. «Barselona» mazkur kelishuvni 1 iyuldan boshlanadigan yangi moliyaviy yilga o‘tishini istadi va shu orqali moliyaviy feyr-pley bo‘yicha tug‘ilishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish imkoniga ega bo‘ldi. Ikkinchidan, 30 iyun kuni Messi o‘zining ona shahri Rosarioda Antonelle Rokutstsoga uylangandi va to‘yga tayyorgarlik sabab yangi shartnoma muddati kechikkandi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025