Jahon | 23:56 / 04.07.2017
5496
1 daqiqa o‘qiladi

Venesueladagi namoyishlar vaqtida halok bo‘lganlar soni 90 nafarga yetdi

Foto: REUTERS / Ivan Alvarado

Venesuela bosh prokurori Ortega Dias 4 iyunda mamlakatda bir necha oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari vaqtida halok bo‘lganlar soni 90 nafarga yetganini ma'lum qildi.  

"Bugungi kungacha namoyishlar vaqtida 90 kishi halok bo‘ldi, 4658 kishi tergov ostida qolmoqda", deb aytdi Ortega ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish qilingan matbuot-anjumanda.  

Venesuelada oliy sudning muxolif milliy assambleya hokimiyatini jiddiy cheklash qaroridan keyin 3 oydan beri ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Qaror bekor qilinganiga qaramasdan, namoyishchilar sud a'zolarining iste'foga ketkazilishini va muddatdan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqdalar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid