Jamiyat | 00:04 / 05.07.2017
37129
1 daqiqa o‘qiladi

Kabardin-Bolqor o‘lkasida Rossiyaning eng keksa kishisi yashayotgani aniqlandi

Foto: Kabardino-Balkariya, Baksan tumani ma'muriyati matbuot-xizmati

Kabardin-Bolqor o‘lkasining Baksan tumani, Zayukovo qishlog‘ida yashovchi Nanu Shaova 127 yoshga to‘ldi. Momo Rossiyaning eng keksa insoni sifatida Rossiya rekordlar kitobiga kiritildi.

"Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Konenko Nanu Tsukovna Shaovaga u eng uzoq umr ko‘rgan inson ekanligi haqidagi sertifikatni topshirdi va bu jahon rekordi ham hisoblanishini aytdi", deyilgan xabarda.

Momoni mahalliy idoralar vakillari tabriklashdi va unga mustahkam sog‘liq, g‘ayrat, o‘z oilasi davrasida yana ko‘plab yillar yashab, yana bir necha rekordlar qo‘yishni tilab qolishdi.  

"Nanu Shaovagacha Rossiyaning eng keksa insoni unvoni Astraxan viloyatida yashovchi Tanzila Bisembeyevaga tegishli edi, u bu yil 121 yoshga kiradi", deb qo‘shimcha qilindi xabarda.

Mavzuga oid