Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Qatardan ultimatumga javob oldi
Foto:nv.ua
Qatar hukumati Kuvayt vakili orqali Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayrga avvalroq bir qator arab davlatlari Dohaga qo‘ygan ultimatumga javob berdi. Bu haqda Al Arabia telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Kuvaytning axborot vaziri Muhammad Abdulloh al-Muborak as-Saboh saudiyalik hamkasbi bilan Jiddada uchrashgan.
Avvalroq Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy Dohaning arab davlatlari talablariga rasmiy javobini topshirish uchun Kuvaytga kelgandi.
23 iyunda Kuvayt Qatarga 4 arab davlatining talablari ro‘yxatini taqdim qilgandi. Arab davlatlari munosabatlar normallashishi uchun Dohadan bu talablarning barchasini 5 iyulgacha bajarishni talab qilganlar.
O‘z navbatida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar talablarga javobini bergani haqidagi axborotni tasdiqlashgan.
"4 arab davlati ultimatum muddati tugashi oldidan Kuvayt orqali Qatardan javob olishdi. Biz tomondan javob qulay vaqtda beriladi", deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
11:45 / 15.05.2025