Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev: Qozog‘iston superqudratli davlat bo‘lishga da'vogar emas
Qozog‘iston superqudratli davlat bo‘lishga da'vogar emas. Davlat rahbari Nursulton Nazarboyev shunday bayonot bilan chiqdi. Nur.kz shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
"Biz 18 million aholiga ega kichik mamlakatmiz. Darvoqe, 1994 yilda biz 14 millionga kamayganmiz. Shunday bo‘lsa-da, ulkan hududga egamiz - dunyoda 9-o‘rin.
Shu bois qandaydir katta ambitsiyalar bilan superqudratli davlat bo‘lish niyatimiz yo‘q, lekin biz qo‘shni mamlakatlarning barchasiga birdek yaxshi munosabatdamiz", - dedi Nazarboyev "Rossiya-24" telekanalida taqdim etilgan intervyuda.
Shu o‘rinda davlat rahbari Qozog‘istonda 100 dan ortiq elat vakillari istiqomat qilishini ta'kidlab o‘tdi.
"Ularning bariga birdek yashash sharoiti, qonunlar yaratilgan. Shu bois kerak paytda bizga murojaat qilishadi", - dedi u.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025