Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad ketishi shart emas - AQSh Suriya bo‘yicha yangi reja tayyorladi
AQSh prezidenti ma’muriyati Suriya masalasi bo‘yicha yangicha yondashuvni ko‘rib chiqmoqda va bundan keyin Bashar Asad mamlakat prezidentligidan ketishini talab qilmoqchi emas. Bu haqda Oq uy va Kongressdagi manbalar ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, bu qadam AQShning Suriyadagi inqirozni hal qilish bo‘yicha yangi strategiya doirasidadir. Shuningdek, Amerika hukumati Suriyada Moskva taklifiga ko‘ra xavfsizlik zonalari yaratilishi hamda mamlakat hududida Rossiya harbiy politsiyasi bo‘lishiga rozi.
Yangi strategiyaning asosiy maqsadi IShIDni uzil-kesil yo‘q qilish va unga hududlarni qaytarib olish uchun imkoniyat qoldirmaslik hisoblanishi aytilmoqda. Biroq AQSh IShIDdan tortib olingan hududlar nazoratini Suriya rasmiylariga emas, koalitsiya qo‘llab-quvvatlayotgan muxolifatga, «Suriya Demokratik kuchlari»ga topshirishni mo‘ljallagan.
Qayd etilishicha, bu boradagi muzokaralar Moskva va Vashington tomonidan bir necha oydan buyon muhokama etilib kelinmoqda. Bu loyiha AQSh Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson tomonidan ishlab chiqilgandi.
6 iyul kuni Tillerson AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvida muhokama qilinadigan mavzular qatorida Suriya Arab Respublikasidagi vaziyat ham bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi.
Mazkur reja Hamburgdagi G20 sammiti doirasidagi AQSh va Rossiya tomonlari uchrashuvida taqdim etilishi kutilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hamburgda bugun uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025