Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamburgdagi norozilik namoyishlarida 70dan ortiq politsiyachi jabrlandi
Foto: Kai Pfaffenbach/Reuters
Germaniyaning Hamburg shahrida namoyishchilarning politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlari oqibatida 74 politsiyachi jabrlandi. Bu haqda shahar huquqni muhofaza qilish organining Twitter sahifasida xabar qilingan.
Boshqarma birinchi xabarda 15 nafar xodimi jabrlangani haqida xabar qilgan edi. Ulardan 3 nafari shifoxonaga ham yotqizilgan. Alaloqibat, jarohat olgan politsiyachilar soni ortdi.
«Huquq-tartibot idorasining yana 59 xizmatchisi jabrlangani haqida xabar qilinmoqda. Namoyishchilardan necha kishi jarohatlangani haqida ma'lumotlar yo‘q», — deyiladi xabarda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Hamburgdagi G20 sammiti arafasida 8 ming kishi namoyishlarda ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi
10:57 / 17.01.2025
Hamburgda 16 mingdan ortiq kishi GuMga qarshi namoyishga chiqdi
16:10 / 12.10.2024