Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask insoniyatga tahdid solayotgan ulkan fojiadan ogohlantirdi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask insoniyat jiddiy halokat yoqasida turganidan ogohlantirmoqda. Bu haqda Amerikaning CNBC telekanali xabar qilgan.
«Jahon aholisi kamaymoqda, ammo buni ko‘pchilik ko‘rmayapti yoki bu haqda qayg‘urmayapti», — deya izohlagan tadbirkor Twitter sahifasida New Scientist jurnalidagi maqolani.
2016 yil noyabrida jurnal insoniyat kelajagiga doir xavotirlardan iborat maqolani chop etgan edi. Muallif Fred Pirsga ko‘ra, sayyora aholisi ikkita muammo bilan to‘qnash keladi: aholi qarishi (tabiiy ko‘payishning yetarli bo‘lmasligi) va oziq-ovqat zaxiralarining cheklangaligi. Shunga qaramay, muallif tibbiyotning so‘nggi vaqtlarda erishgan natijalari hamda butun dunyoda turmush sifati ko‘tarilganini e'tiborga olgan holda, kelajakda «keksa [inson] yangi yosh kishi bo‘lishi mumkin», degan fikrni ilgari surgan.
Bundan avvalroq, Tesla Motors va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask insoniyatni robotlar inqilobi tufayli vujudga keladigan halokatdan ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
22:00 / 24.05.2025