Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Jaholatga qarshi – ma'rifat” tadbiri o‘tkazildi
2017 yil 7 iyul kuni Toshkent shahridagi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Toshkent viloyati xududida yashovchi nosog‘lom buzg‘unchi g‘oyalar ta'siriga tushgan va bugungi kunda o‘z qilmishlaridan chin qalbdan pushaymon bo‘lganlar, extiyojmand oilalar va viloyatning barcha soxalarida faol bo‘lgan ayollar uchun “Jaholatga qarshi – ma'rifat” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar teatrga kirish qismida musiqachilar tomonidan qizg‘in kutib olindi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan yagona maqsad albatta, bugungi kunda O‘zbekistonning davlat mustaqilligi - xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta'minlash, bugungi murakkab davrda g‘oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh etishda xalqimizni ayniqsa yoshlarimizni bilimli va yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashda kitob o‘qishga bo‘lgan munosabatlarini ularning boolari va ota-onalari tomonidan singdirishdan iborat.

Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq artisti Yoqib Ahmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tesha Mo‘minovlar bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari xaqida gapirib, o‘zlarining samimiy tilaklarini she'rlar orqali izxor qilishdi.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilarga “Iymon” spektakli namoyish etildi.

