Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada hibsga olingan chechenistonlik Belgiyadagi teraktlarda gumon qilinmoqda
Terrorizmda ayblanib Italiyada hibsga olingan chechenistonlik Ali Bombataliyev Belgiyada teraktga hozirlik ko‘rgan. Bu haqda Italiya prokuraturasiga asoslangan holda Askanews.it xabar qilmoqda.
Bombataliyev rafiqasi Marina Kachmazova bilan birga qator terrorchiliklarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Italiya huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, hibsga olingan gumondor telefoni o‘rganilgach, u turmush o‘rtog‘ini o‘zini portlatishga ishontirgan. Shu bilan birga, politsiyachilar Bombataliyevning ikki nafar xotini borligini aniqlashgan. Ikkinchi rafiqasining ism-sharifi oshkor qilinmayapti, ammo uning qayerda ekanligi aniqlanmoqda. Bu borada shu narsa ma'lumki, Bombataliyev Kachmazova bilan muloqotida ikkinchi xotini ham teraktga tayyorligini aytgan.
Ali Bombataliyev 7 iyul kuni hibsga olindi. U xalqaro terrorizm va jinoyat sodir etishga undashda ayblanib, 2014 yil dekabrida Grozniy Matbuot uyiga uyushtirilgan hujum ishtirokchisi sifatida Interpol orqali qidirilayotgan edi. Bundan tashqari, u 2014-2015 yillarda Suriyadagi qurolli ziddiyatda terrorchilar tomonida ishtirok etgan bo‘lishi ham mumkin.
2014 yil 4 dekabrda bir guruh jangarilar Grozniy matbuot uyini egallab olgan, maxsus amaliyotda (11 terrorchini hisoblamaganda) 14 kishi halok bo‘lgan, yana 36 odam tan jarohati olgandi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025