Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘uliston prezidentligi uchun saylovlarda muxolifat nomzodi g‘alaba qozondi
Mo‘g‘uliston prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan ikkinchi tur saylovlarda muxolifatdagi Demokratik partiya nomzodi Xaltmaagiyn Battulga g‘alaba qozondi. Bosh Saylov qo‘mitasi ovoz byulletenlarining 99,94 foizini sanab chiqqanidan so‘ng e'lon qilgan saylov natijalari shunday deyishga asos bo‘lmoqda.
DP nomzodi 610 541 ovoz yoki 50,6 foiz ovoz to‘plagan. Uning siyosiy raqibi, hukmron Mo‘g‘il xalq partiyasi nomzodi, parlament spikeri Miyeegombin Enxboldni 496 840 kishi, ya'ni saylovchilarning 41,2 foizi qo‘llab-quvvatlagan.

Aytish joizki, mamlakatning eng yangi tarixida ilk marotaba tashkil etildi.
Mo‘g‘uliston davlat rahbari 4 yil muddatga ikki marta saylanishi mumkin. Amaldagi davlat rahbari Tsaxiagiyn Elbegdorj ikkinchi muddatini yakunlamoqda.
Mavzuga oid
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
17:06 / 07.04.2025