Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson: Melanya Tramp erining Putin bilan uchrashuvini to‘xtatishga urindi

Foto: EPA
AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin "o‘ta muhim" uchrashuvni o‘tkazdi, shu bois yetakchilarning hech biri to‘xtatishni istamadi, deya bayonot berdi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qaysidir lahzada muzokaralar xonasiga AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp nazar solgan, shu bilan u davlat rahbarlarini muzokaralarni tugatishga undagan bo‘lsa-da, buning uddasidan chiqa olmagan.
"Muzokaralarga shunchalik kirishib ketilgan va fikr almashuvlar bo‘layotgan ediki, tomonlarning hech biri to‘xtashni istashmas edi. Odamlar muzokaralar xonasi eshigidan qarab-qarab qo‘yishardi. Ular hatto, bizlarni to‘xtatish ilinjida birinchi xonimni yuborishdi. Shubhasiz, u buning uddasidan chiqa olmadi", — degan Tillerson jurnalistlarga. Uning qayd etishicha, prezidentlar uchrashuvi 2 soat 15 daqiqa davom etgan.
"Bu juda muhim uchrashuv bo‘ldi. Bizda muhokama qilish uchun juda ko‘p mavzu bor va boshlanishi yomon emas", — deb qayd etdi Tillerson.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025