Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya kechki ovqat uchun 600 yevro to‘lamagan xo‘randalarni ushladi
Ispaniya shimolidagi Navarra viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari restoranda tamaddi qilgach, hisobni to‘lamasdan juftakni rostlamoqchi bo‘lgan 14 nafar xo‘randani ushladi. Bu haqda mintaqaviy politsiya boshqarmasining Twitter sahifasida ma'lum qilingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa Pamplona shahrida 8 iyulga o‘tar kechasi yuz bergan. Italiyaliklar tanovul qilgan kechki ovqat qiymati 600 yevrodan oshgan.

Sayyohlar umumiy hisobda 16 xil taom, 15 ta alkogolli ichimlik va bitta qahva buyurtma qilishgan. Ular ushlanganlaridan keyin taom pullarini to‘lab, choychaqa ham qoldirishgan. Italiyaliklar qilmishlari uchun qandaydir jazoga tortilganmi-yo‘qmi, xabar qilinmagan.
Hozirda, Pamplonda an'anaviy San-Fermin bayrami bo‘lib o‘tmoqda. U 6-14 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda shahar ko‘chalari bo‘ylab qochayotgan odamlarni buqalar quvadi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025